Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ehtiyot bo‘ling, eshiklar qattiq yopiladi!» Britaniya moliya vaziri talabni oshirdi

«Ehtiyot bo‘ling, eshiklar qattiq yopiladi!» Britaniya moliya vaziri talabni oshirdi

Foto: «Izvestiya»

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan hech qanday shartnomalarsiz chiqib ketishi kundek ravshanlashib boryapti. Yakuniy «Brexit»gacha 95 kun qoldi, siljish esa yo‘q, London va Bryussel murosa ko‘chasini topa olmayapti.

Shuning uchun ham Qo‘shma qirollik moliya vaziri Sajid Javid o‘z idorasidan ushbu xalqaro tashkilotdan «qattiq» chiqishga hozirlikni boshlashni talab qildi.

«Men moliya vazirligi oldiga bitimsiz «Brexit»ga hozirlikni tezlatish talabini qo‘ydim», — deb yozdi vazir «Twitter»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson mamlakatni «qattiq Brexit»ga tayyorlashga bor kuch tashlanishini aytgandi. Bir so‘z bilan aytganda, «eshiklar qattiq yopilishi»ga London hozircha shaymas, shuning uchun «temirni qizig‘ida bosish»ga ulgurish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring