Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniya prezidenti: «Bizda Ikkinchi jahon urushi 25 yil avval tugagan»

Estoniya prezidenti: «Bizda Ikkinchi jahon urushi 25 yil avval tugagan»

Foto: «U-f.ru»

Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd istilo uning mamlakati uchun Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan emas, balki Estoniyadan so‘nggi sovet qo‘shinlari chiqib ketganidan so‘ng tugaganini ta’kidladi. Kalyulayd bu so‘zlarni Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlab Polshada o‘tkazilgan xotira tadbirida aytdi.

Respublika sobiq ittifoqning bir qismi bo‘lgan paytlarni prezident uqubatlar, iqtisodiy tanazzul va erkinlik cheklangan davr deya atadi.

«Estoniya uchun Ikkinchi jahon urushi aslida 25 yil avval, zaminimizni mustamlakachi qo‘shinlarning texnikasi ortilgan so‘nggi vagonlar tark etganidan so‘ng tugagan», — dedi Kalyulayd.

Polshada kecha Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring