Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi rangli tatuirovkalarni taqiqladi

Yevropa ittifoqi rangli tatuirovkalarni taqiqladi

Foto: «Euromag.ru»

Yevropa ittifoqida 4-yanvardan rangli tatuirovkalar taqiqlandi, deb xabar berdi DW.

Bu yerda gap tatutirovkalarning ijtimoiy oqibatlari haqida emas, balki inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi haqida ketmoqda. Xabarda aytilishicha, tatuirovkalarda qo‘llaniluvchi ayrim bo‘yoqlar tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bor.

Yevropa kimyo agentligi (ECHA) ma’lumotlariga ko‘ra, tatuirovkalarda qo‘llaniluvchi bo‘yoqlar tarkibida salomatlikka jiddiy xavf tug‘diruvchi to‘rt mingga yaqin xildagi ximikatlar bor. Oqibatda ular saraton xastaligi va genetik buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Taqiqlangan ranglar orasida aksariyat tatu bo‘yoqlarida ishlatiluvchi Blue 15 hamda Green 7 bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring