Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropada qishki/yozgi vaqtga o‘tish bekor qilinishi mumkin

Yevropada qishki/yozgi vaqtga o‘tish bekor qilinishi mumkin

Foto: «Rp-online.de»

Yozgi vaqtga o‘tish Yevropa ittifoqida yildan-yilga e’tirozlarga sabab bo‘lyapti, deb yozmoqda «Rp-online.de». Hatto buni bekor qilish yuzasidan ayrim mamlakatlar rasmiy chiqish qilishdi.

Evpopa komissiyasi oddiy yevropaliklarning fikrini o‘rganish maqsadida onlayn-so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi.

— Hozirgacha milliondan ortiq ovozni ro‘yxatga oldik, — dedi Yevrokomissiya vakili. — Ovoz berishning dastlabki uch kunida 500 mingdan ziyod inson qatnashdi. Ovoz berish iyul oyining boshida boshlangan bo‘lib, 16-avgustgacha davom etadi. YeI fuqarolari aniq to‘xtamga kelib olishadi: yozgi vaqtga o‘tamizmi yoki aksincha qishki vaqtni tanlaymizmi? Mana shu ovoz berish hamda boshqa tadqiqotlar natijalariga qarab Yevrokomissiya yakuniy qarorni qabul qiladi.

Hozirgi vaqt almashish tizimi 1980-yili Germaniyada elektr energiyasini tejash maqsadida qabul qilingan. 1996-yildan boshlab Yevropa ittifoqi mamlakatlarida yilda ikki marta vaqt almashadi: mart oyining oxirgi yakshanbasi va oktyabr oyining so‘nggi yakshanbasida.

Ovoz berish tugaganidan so‘nggina yakuniy natijalar e’lon qilinadi. Aksariyat yevropaliklar yozgi vaqtga qarshi chiqishi kutilmoqda. Masalan, shu yil bahorida Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotda nemislarning 73 foizi soat millarini bir soat oldinga surishga (yozgi vaqtga o‘tishga) qarshi ekanliklarini bildirishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring