Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Falastinliklar Isroilga qarata to‘qqizta raketa uchirdi

Falastinliklar Isroilga qarata to‘qqizta raketa uchirdi

Foto:«RIA Novosti»

26-iyundan 27-iyunga o‘tar kechasi falastinliklar G‘azo sektoridan to‘qqizta raketa uchirdi, ulardan birini Isroil harbiylari tutib qolgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Raketa uchirilishi oqibatida jabrlanganlar, moddiy talafotlar va unga javoban amalga oshirilgan harakatlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

«G‘azo sektoridan Isroil hududiga uchirilgan to‘qqizta raketa qayd etilgan. Ulardan birini «Temir gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimi tutib qolgan», —  deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.

O‘qqa tutish natijasida Isroilning janubidagi aholi punktlarida bir necha bor havo xavfi signallari chalingan va aholini bombadan saqlanish joylariga yashirinishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring