Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi yahudiy AQShga prezident bo‘la oladimi?

Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi yahudiy AQShga prezident bo‘la oladimi?

Foto: «News.ru»

AQSh musulmonlari, yahudiy bo‘lishiga qaramay Falastinni qo‘llab-quvvatlaganligi va musulmon tashkilotlari bilan birga ishlashi tufayli Vermont shtatidan bo‘lgan senator, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Bernard Sandersni astoydil qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozmoqda «Azon.uz».

Musulmon demokratlarining Amerika-Islom aloqalari bo‘yicha kengashi (CAIR) tomonidan saylovoldi poygasi boshlanishidan biroz oldin o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Sanders allaqachon demokratlarning o‘sha paytdagi eng mashhur nomzodi edi: uni 39 foiz respondent qo‘llab-quvvatlagan, partiyadagi asosiy raqibi esa, AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden atigi 27 foiz ovoz olgan. Shu tariqa Sandersning mashhurligi o‘sib bordi, deb yozadi nashr.

«Newsweek» fikricha, bunga Sandersning amerikalik musulmonlar bilan aloqalarni o‘rnatish va ularni saylov jarayoniga jalb qilish borasidagi izchil ishlari yordam bergan. Vermontlik senatorning tashabbusi bilan AQShdagi saylov poygalari tarixida birinchi marta masjidlarda kokus (tashabbuskorlar yig‘ini) tashkil etildi. Natijada Ayova shtatidagi De-Moyne shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlardan birida u 120 ovozdan 115 ovoz olishga erishdi. Xuddi shunday holat boshqa masjidlarda o‘tkazilgan kokuslarda ham kuzatilgan. Bundan tashqari, bir necha kun o‘tgach, Sanders bilan o‘tkazilgan konferensiyada ba’zilar siyosatchiga murojaat qilib, uni arab tilida «Berni amaki» deb atashgan, bu esa musulmonlarning unga yaxshi munosabatda ekanligidan dalolat beradi.

Sandersning AQSh musulmon fuqarolari orasida mashhurligining keskin oshishiga sabab bo‘lgan omil — uning Falastin-Isroil mojarosi haqidagi bayonotlari edi. Kelib chiqishi yahudiy bo‘lishiga qaramay, Sanders o‘z chiqishlarida bir necha bor falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagan. 25-fevral kuni Janubiy Karolinaning Charlston shahrida bo‘lib o‘tgan munozarada Vermont senatori Isroil mustaqilligi tarafdori bo‘lsa-da, ammo «Falastin xalqining azob-uqubatlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi» deb aytdi. Bundan tashqari, u o‘z nutqida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni falastinlarga nisbatan siyosati tufayli «reaksion irqchi» deb atagan.

Ma’lumot uchun: Berni Sanders 1941 yilda Nyu-Yorkda, Bruklinda tug‘ilgan. Uning otasi Eli Sanders, 1921-yilda AQShga qochgan polshalik yahudiy va onasi Doroti Glassberg Rossiya imperiyasidagi yahudiylar oilasidan chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring