Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fil laqabli sug‘ur bahor qachon kelishidan darak berdi

Fil laqabli sug‘ur bahor qachon kelishidan darak berdi

AQShda bu yil bahor kechikadi. Bugun, 2-fevral kuni paksatonilik Fil laqabli sug‘urning xatti-harakatlariga qarab shunday bashorat qilishdi.

Erta tongda inidan mo‘ralagan sug‘ur o‘z soyasidan cho‘chib, qaytib kirib ketgan. Aytishlaricha, bu kunlar isishini kutishga ertaligini, qish yana olti haftaga cho‘zilishini anglatadi.

AQSh va Kanadada 2-fevral an’anaviy tarzda «Sug‘ur kuni» sifatida nishonlanadi. Shu kuni sug‘urlarga qarab qish uzoq cho‘zilishi yoki bahor erta kelishini bilib olishadi. Agarda jonivor 2-fevral tongida inidan chiqishda o‘z soyasini ko‘rib, ortiga qaytib kirib ketsa, qish yana bir yarim oyga cho‘ziladi. Aksincha, sug‘ur o‘z soyasidan cho‘chimay tashqariga chiqsa, bahor erta kelishidan darak. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Amerikada «Sug‘ur kuni»ni Germaniyadan ko‘chib kelganlar — pensilvaniyalik nemislar urfga kiritishgan.

Bill Myurrey bosh rolni o‘ynagan «Sug‘ur kuni» (rej.: Garold Remis) filmidan so‘ng «sug‘urga qiziquvchilar va ishonuvchilar» ko‘payib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring