Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin prezidenti rus vaksinasini o‘z tanida sinab ko‘rmoqchi

Filippin prezidenti rus vaksinasini o‘z tanida sinab ko‘rmoqchi

Foto: «Nikkei Asian Review»

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini birinchi bo‘lib o‘z tanida sinab ko‘rishga shayligini bildirdi, deyiladi «Vesti» xabarida.

Duterte shu tariqa Rossiya hukumatiga ishonchini va o‘z navbatida, ular Filippinga vaksinani taklif etib xato qilmaganini isbotlamoqchi

«Vaksinani birinchi bo‘lib men qabul qilaman», — dedi prezident Duterte filippinliklarga televideniye orqali murojaatida.

75 yoshli Duterte bu vaksina o‘ziga to‘g‘ri kelsa, boshqalarni ham xavotirlanmasdan bemalol emlash mumkinligiga ishora qilgan. U o‘z mamlakati sog‘liqni saqlash vazirligiga ruslarning vaksinani ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘lga kiritish borasida Rossiya hukumati bilan muzokaralarni faollashtirishni so‘ragan, deyiladi TASS xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring