Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin sudi sobiq prezidentning 89 yoshli bevasiga qamoq hukmini o‘qidi

Filippin sudi sobiq prezidentning 89 yoshli bevasiga qamoq hukmini o‘qidi

Foto: «Inquirer»

Filippin sudi mamlakatning sobiq prezidenti Ferdinand Markosning bevasi — Imelda Markosni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi. U korrupsiyada ayblandi.

Sobiq diktatorning 89 yashar bevasi, parlament deputati Imelda Markosni 1975—1986 yillarda, poytaxt Manila hududi gubernatori bo‘lib ishlab yurgan chog‘ida chet elga katta miqdorda pul olib chiqib ketganlikda ayblashdi. Markos xonim Shveysariya banklarida ochilgan fondlarga yetti marta 200 million dollarlik o‘tkazmalarni amalga oshirgan.

Sud hukmiga ko‘ra, Imelda Markos o‘ziga qo‘yilgan yettita ayblov bandi bo‘yicha 6 yildan 11 yilgacha qamoqda «o‘tirishi» kerak.

Sud Imelda Markosning darhol hibsga olinishini talab qildi. Ammo prokuror sudya bilan mubohasaga kirishdi: deputatni darhol qo‘lga olib bo‘lmaydi. Advokatlar ham qarab turishmadi: ular ishning Oliy sudda qayta ko‘rilishiga yoki Markos xonimning garov evaziga ozod etilishiga erishmoqchilar.

Darvoqe, sud sirtdan hukm chiqardi — sobiq «birinchi xonim» va uning advokatlari qatnashgan emas.

Ferdinand Markos kim edi?

Foto: «YouTube»

Ferdinand Markos 1965 yili Filippin prezidenti bo‘lishga muyassar bo‘ldi, yetti yil davomida «ulg‘ayib», 1972 yildan diktatorga aylandi. Pichoq suyakka yetib borgach, 1986 yili xalq isyon ko‘tardi, harbiylarning bir qismi ham ko‘pchilik tomoniga o‘tgach, Markos tuzumi ag‘darib tashlandi. Taloto‘pda jon saqlab qolgan diktator to‘g‘ri AQSh ga qochdi, oradan uch yil o‘tib, Gavayi orollarida vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring