Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finlyandiyada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan temiryo‘lga qulab tushdi

Finlyandiyada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan temiryo‘lga qulab tushdi

Foto: «kp.ru»

Finlyandiyada kecha, 24 avgust kuni yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan temiryo‘lga qulab tushdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Halokat tahminan 15:00da Kuopio shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘lgan, 19 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafarida jiddiy jarohatlar aniqlangan.

Xabar berilishicha, halokatga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. Haydovchi avtobusning tormozi ishlamay qolgani va shu sababli uni vaqtida to‘xtata olmaganini ta’kidlamoqda.

Guvohlarning aytishicha, avtobus katta tezlikda harakatlanib kelgan va beshta avtomobil bilan to‘qnashib, oxiri ko‘prikdan qulagan.

Ayni damda halokat joyi to‘sib qo‘yilib, poyezdlar va avtomobillar qatnovi to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring