Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiyaning NATOga kirishi Rossiya uchun tahdid ― Peskov

Finlyandiyaning NATOga kirishi Rossiya uchun tahdid ― Peskov

NATOning kengayishi va Rossiya chegaralariga yaqinlashishi Yevroosiyo qit’asini yanada barqaror va xavfsiz qilmaydi, Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi, albatta, Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Albatta, NATOning navbatdagi kengayishi bizning qit’amizni yanada barqaror va xavfsizroq qilmaydi», dedi Kreml vakili tegishli savolga javoban.

Kuni kecha Helsingin Sanomat nashri Finlyandiya va Shvetsiyaning kelasi hafta NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berish rejalari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish arizasi iyun oyida Yevropa Kengashida davlat va hukumat rahbarlari darajasida muhokama qilinadi. Ushbu yig‘ilish Yevropa Ittifoqi tadbirlari jadvaliga ko‘ra, 23-24-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring