Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fizika yo‘nalishida kimlar Nobel mukofotini olishi aniq bo‘ldi

Fizika yo‘nalishida kimlar Nobel mukofotini olishi aniq bo‘ldi

Foto: dw.com

Shvetsiya akademiyasi tvitterdagi sahifasi orqali fizika yo‘nalishida bu yil kimlar Nobel mukofotini olishini ma’lum qildi.

Artur Ashkin, Jerar Muru hamda Donna Strikland lazer fizikasi sohasidagi ixtirolari uchun oliy mukofotga loyiq deb topilishdi.

Посмотреть изображение в Твиттере
The Nobel Prize @NobelPrize
 

BREAKING NEWS⁰The Royal Swedish Academy of Sciences has decided to award the in Physics 2018 “for groundbreaking inventions in the field of laser physics” with one half to Arthur Ashkin and the other half jointly to Gérard Mourou and Donna Strickland.

Artur Ashkin — amerikalik ixtirochi olim, optik tuzoqlar yaratish sohasida birinchilardan bo‘lgan. 1978-yili optik pinsetni ixtiro qilgan. Eksperimental fizikaning ko‘p sohalariga mehnati singgan. 47 ta patent sohibi.

Jerar Muru — fransuz va amerika fizigi. 1985-yili Donna Strikland bilan birgalikda o‘ta kuchli lazer impulslari olishning yangi texnikasini kashf qilgan.

Donna Strikland Rochester universiteti bitiruvchisi, optika yo‘nalishida doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan. Jerar Muru uning ilmiy rahbari sanaladi.

3-oktyabr kuni kimyo, 5-oktyabr kuni tinchlik, 8-oktyabr kuni  iqtisodiyot yo‘nalishidagi 2018-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilinadi.

Avvalroq tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishida Nobel mukofoti sohiblari aniqlanganini ma’lum qilgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring