Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Forbes» dunyoning eng kuchli insonlari reytingini e’lon qildi

«Forbes» dunyoning eng kuchli insonlari reytingini e’lon qildi

«Forbes» jurnali dunyodagi eng kuchli insonlar kimligini e’lon qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Dunyoning eng kuchli insonlari – 2018» ro‘yxatining boshida Xitoy raisi Si Szinpin turibdi. Ikkinchi o‘rin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga, uchinchi o‘rin esa AQSh yetakchisi Donald Trampga nasib etdi.

«Forbes» 75 kishi orasidan «eng, eng» kimligini aniqlashda ularning rahbarlik salohiyati, insonlarni o‘z ortidan ergashtira olish qobiliyati, moliyaviy manbalarni qanday maqsadlarda qo‘llashi kabi jihatlarga e’tibor qaratdi.

Xitoy rahbari so‘nggi 4 yil davomida ro‘yxatda yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan rossiyalik hamkasbini ortda qoldirdi.

Ro‘yxat:
1. Xitoy raisi Si Szinpin.
2. Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
3. AQSh prezidenti Donald Tramp.
4. Germaniya kansleri Angela Markel.
5. «Amazon» asoschisi Jef Bezos.
6. Rim papasi Fransiskos.
7. «Microsoft» asoschisi Bill Geyts.
8. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon.
9. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
10. «Google» asoschilaridan Larri Peyj.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring