Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada bankomat portlashi natijasida 30 kishi jarohatlandi

Fransiyada bankomat portlashi natijasida 30 kishi jarohatlandi

Foto: «Zakon.kz»

Parij yaqinidagi Ivelin departamentida bankomat portlashi oqibatida 30 kishi turli darajada jarohatlandi, deya xabar berdi «Ouest France» nashri mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib.

«Bir odam «Carrefour» supermarketiga kiraverishda joylashgan bankomatni portlatib yubordi», — dedi nashr suhbatdoshi.

Aniqlanishicha, portlash juma, ya’ni 28-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:45 da sodir bo‘lgan (12:45 t.v.). Hodisa natijasida odamlar yengil jarohat olishgan, faqat to‘rt kishi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yetkazilgan. Do‘kon binosi ham shikastlangan — portlash zarralari 20 metr masofagacha uchib borgan.

Portlashni uyushtirgan odam jinoyat joyidan qochishga ulgurgan. Politsiya tergov harakatlari va gumondor shaxsni qidirish ishlarini boshlab yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring