Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada kimyoviy zavod portladi, maktablar yopildi

Fransiyada kimyoviy zavod portladi, maktablar yopildi

Foto:«Yahoo Finance»

26-sentyabr kuni Fransiyaning Normandiya provinsiyasida kimyoviy zavod yonib ketgan. Hukumat atrofdagi 11 shaharda maktablarni yopib, aholidan uyda qolishni talab qilmoqda, deya yozadi «ABC News».

Jarohat olganlar yo‘q. Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner RTL radiosida «tutun xavfli ekanligiga bizni ishontira oladigan biron bir sabab va dalil yo‘q» deb aytdi.

Yong‘inni o‘chirish uchun 200 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi jalb etildi.

Seine-Maritime regionining ma’muriyati payshanba kuni Ruyendagi Lubrizol zavodida yong‘in signallari eshitilganidan keyin odamlarni ushbu hududda zarur bo‘lmagan sayohatlarni amalga oshirmaslikka chaqirdi. Ichki ishlar vazirligi ushbu hududda maktablar va bolalar bog‘chalari yopilgani bildirgan.

Yong‘in sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring