Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada oxirgi 30 yil ichida ilk bor oltita egizak dunyoga keldi

Fransiyada oxirgi 30 yil ichida ilk bor oltita egizak dunyoga keldi

Foto: «Depositphotos»

Fransiyaning Strasburg shahrida Kesar kesish yo‘li bilan oltita egizak dunyoga keldi. Homiladorlik boshlangandan so‘ng 24 hafta va olti kun o‘tgach 5 ta qiz va 1 ta o‘g‘il bola tug‘ildi. Bu haqda «NEWS.ru» xabar berdi.

Muddatidan oldin dunyoga kelgan go‘daklar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirildi. Shifokorlarning fikricha, ular bir necha oy gospitalda qolishadi.

Oltita egizak tug‘ilishi nihoyatda kam kuzatiladi. «Jerusalem Post» nashrining yozishicha, bunday hodisa har 4,7 milliard tug‘uruqqa bitta to‘g‘ri keladi. Avvalgi oltita egizak Fransiyada 1989-yil 14-yanvarda tug‘ilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring