Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondan futbolchilar va ularning oilalari evakuatsiya qilindi

Afg‘onistondan futbolchilar va ularning oilalari evakuatsiya qilindi

Xalqaro futbol federatsiyasi FIFA Afg‘onistondan 100 ga yaqin odamni evakuatsiya qildi, ularning orasida sportchilarning oilalari va ayol futbolchilar ham bor.

«Qatardagi uzoq va murakkab muzokaralardan so‘ng FIFA Afg‘onistondan 100 ga yaqin odamni evakuatsiya qildi. Ularning orasida futbolchilarning oilalari va ayol sportchilar ham bor», deyiladi xabarda.

FIFAning aytishicha, muzokaralar avgust oyidan boshlangan va bundan keyin ham davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring