Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azabga uchragan G‘azo (foto)

G‘azabga uchragan G‘azo (foto)

Foto: Stephen Boglo

Isroil harbiylari G‘azo sektoriga bomba yog‘dirishda davom etmoqda. 8-mayga o‘tar kechasi Sharqiy Quddusda falastinliklar hamda Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv qaytadan avj oldi. Dahanaki ziddiyat alaloqibat raketa hujumlariga aylandi.

Bir haftadan ziyodroq muddat ichida Isroil havo zarbalari oqibatida kamida 192 nafar falastinlik, jumladan, 58 bola va 34 ayol halok bo‘ldi.

Isroil tomoni ham HAMAS raketalari 10 kishining boshiga yetgani haqida xabar qilgan. 

Xalqaro hamjamiyat, xususan, BMTning zo‘ravonlikni to‘xtatish xususidagi talabiga qaramay, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoga hujum davom etishini ma’lum qilgan.

G‘azoda tinch aholi qirg‘in qilinayotgan, qochqinlar lageri, ommaviy axborot vositalari ofislari hamda turarjoylar bombardimon qilinayotgani hali insofini boy bermagan insoniyat tomonidan keskin qoralanmoqda. Karikatura ustalari ham qonga botgan G‘azo mavzusida bir talay ijodiy ishlarni e’lon qildi. Quyida mazkur mavzuda jahon matbuot chop etilgan ayrim karikaturalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring