Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gazonimni toptamang!»: uy egasi bosh vazir va jurnalistlarni o‘z yeridan haydab chiqardi (video)

«Gazonimni toptamang!»: uy egasi bosh vazir va jurnalistlarni o‘z yeridan haydab chiqardi (video)

Skrinshot

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison aholiga uylarini ta’mirlash uchun subsidiyalar berilishi haqida jurnalistlarga so‘zlab berayotgandi. Ammo gapi  chala qoldi... Uy egasi chiqib qolib, hammasini haydab soldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

«O‘n ming avstraliyalik... Bu loyiha ish o‘rinlari yaratadi... daromadlar limiti e’lon qilinadi...», — deyayotgandi Morrison telejurnalistlarga.

Biroq gapi chala qoldi. Eshik ochilib, norozi qiyofadagi uy egasi chiqib qoldi.

«Iltimos, gazondan nariroq ketsangiz», — dedi u.

Bosh vazir darhol jurnalistlardan oldinroqqa yurishni so‘radi.

«Tezroq bo‘lsalaring-chi. O‘zi yaqinda ekkandim», — ularni shoshiltirdi haligi erkak.

Uy egasidan uzr so‘rab, nariroq ketgan siyosatchi va jurnalistlar suhbatni kelgan joyidan davom ettirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring