Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya aholisi qarib boryapti

Germaniya aholisi qarib boryapti

Foto: «aa.com.tr»

Germaniyada 2006–2016 yillar mobaynida 14-17 yoshli o‘smirlar soni 470 mingga kamaydi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Germaniya federal statistika ofisining (Destatis) ma’lum qilishicha, mamlakatda 2006 yilda umumiy aholi sonining 4,4 foizini egallagan 14-17 yoshlilar soni 2016 yilda 3,8 foizga tushgan.

Germaniya 82 million 850 ming aholiga ega davlat sifatida Yevropa mamlakatlari orasida aholisi eng ko‘p bo‘lsada, so‘nggi paytlarda bu mamlakat aholisi qarib boryapti.

«Destatis»ning 2015 yilgi tahlillariga ko‘ra, mamlakatda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi soni ortib bormoqda. 2013 yilda 80,7 million nufusga ega Germaniyada 65 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi soni 20 million edi. 2060 yilga borib 67,6 millionga tushadigan mamlakat aholisining 33 millionini 65 yoshli kishilar tashkil qilar ekan.

2020 yildan Germaniyada keksalar soni keskin oshib borar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring