Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya Ichki ishlar vaziri iste’foga chiqdi

Germaniya Ichki ishlar vaziri iste’foga chiqdi

Foto: «DW»

Germaniya ichki ishlar vaziri hamda Xristian sotsialistlar ittifoqi partiyasi raisi Xorst Zeyexofer iste’foga chiqdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Xorst Zeyexofer kecha partiyaning Myunxenda o‘tkazilgan yig‘ilishidan so‘ng shunday qarorga kelgan.

Xorst Zeyexofer migratsiya siyosatiga qarshi chiqayotgan edi. Avvalroq u Germaniya kansleri Angela Merkelga migratsiya siyosatidan voz kechish uchun ultimatum qo‘ygan edi.

Muhojirlar masalasi Yevropaning eng og‘riqli muammosiga aylandi.

Germaniya kansleri Merkel Germaniyada muhojirlar uchun alohida markazlar qurib, ularni o‘sha joyda ushlab turish maqsadga muvofiq ekanini aytgan. Lekin uning bu so‘zlari siyosiy partiyalarning e’tirozlariga sabab bo‘layapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring