Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya «Shimoliy oqim – 2»ni to‘xtatadimi?

Germaniya «Shimoliy oqim – 2»ni to‘xtatadimi?

Foto: REUTERS

Germaniyadagi saylov yakunlari «Shimoliy oqim – 2» ish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsata olmasligi, gaz quvurining ishlashiga qarshi har qanday urunish birinchi galda nemislarga ta’sir etishi ta’kidlandi. Bu haqda nemis siyosatshunosi Aleksandr Rar «Sputnik» nashriga ma’lum qildi.

Uning fikriga ko‘ra, hokimiyatga bu loyihaga ochiq qarshi bo‘layotgan yashillar partiyasi vakillari kelishi ehtimoldan yiroqdir. «Men yashillar birinchi o‘rinni olishi uchun hech qanday imkoniyatga ega emas deb hisoblayman. Agar ulardan kansler chiqsa ham, bo‘lg‘usi hukumatda asosiy vazirliklarni egallashsa ham, «Shimoliy oqim - 2»ni to‘xtata olishmaydi», deya ishonch bilan ta’kidlaydi olim.

Agar uni to‘xtatgan taqdirda ham loyihani qurgan kompaniyalar bilan sudlashuv bo‘lishini, katta miqdorda tovon puli to‘lashga to‘g‘ri kelishini, bu esa Germaniya manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishini bildirib o‘tdi.

Shunga qaramay, muxolif «Ittifoq-90/Yashillar» partiyasi rus gazidan voz kechishning faol tarafdori bo‘lib qolmoqda. Agar ular hokimiyatga kelsa Rossiya bilan kelishuvlar og‘ir bo‘lishi bashorat qilinmoqda.

GFR Bundestagi xalqaro masalalar qo‘mitasi a’zosi Valdemar Gerdtning aytishicha, muxolifat tomonda turib gapirish boshqa, vaziyatni ichiga kirib mas’uliyatni zimmaga olish butunlay boshqa narsadir. «Bolalar bog‘chalari, maktablarni isitish kerak. Korxonalarga elektr energiyasi zarur. Biz bu loyihasiz ushbu rejalarimizni amalga oshira olmaymizku axir», deydi xalq noibi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, energetika sohasida hozir Germaniyada vaziyat yaxshi emas. Gaz omborxonalari faqat 70 foiz to‘lgan. Sanoatni pandemiyadan keyin tiklash va kutilayotgan sovuq qish mavzumi ulkan energoresurslar taqchilligini vujudga keltirishi mumkin.

Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi tubidan o‘tgan quvur Yevropaga rus gazini yetkazib beradi. 10 sentyabrda gaz quvuri to‘liq qurib bitkazilgan. Ammo unga Boltiq bo‘yi davlatlari, Polsha, AQSh va Ukraina qarshi chiqmoqda. Qolaversa, uning foydalanishga kelgusi yilning fevralidan oldin topshirilmasligi ma’lum bo‘ldi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bildirishicha, hozirgi vaqtida loyiha bo‘yicha Germaniya tegishli muassasalaridan zaruriy ruxsat olinmoqda. Bu jarayon taxminan to‘rt oygacha vaqtni olishi mumkin.

Germaniya Federal tarmoqlar agentligi «Nord Stream 2 AG» kompaniyasi tomonidan «Shimoliy oqim – 2»ni sertifakatlash bo‘yicha mustaqil gaz transport operatori sifatida murojaat kelib tushganini tasdiqladi.

Shu kunlarda Yevropa bozorlarida qisqa muddatli shartnomalar bo‘yicha gaz narxi 900 dollargacha ko‘tarilib ketgani ham loyihaning ahamiyati ko‘rsatib berdi. Bu esa tish tirnog‘igacha qarshi bo‘layotgan Vashingtonning har qancha saknsiyalar bilan qo‘rqitishiga qaramay, Germaniya ma’murlari o‘z manfaatlarini himoya qilishdan chekinmasligini ko‘rsatadi.

Afg‘onistonda AQShning shoshilinch chiqib ketishi ham uning YeIdagi ittifoqdoshlari hafsalasini pir qilgani aniq.

Nasibaxon Bo‘riyeva

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring