Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada 96 yoshli ayol mahbuslarni o‘ldirishda ayblanmoqda

Germaniyada 96 yoshli ayol mahbuslarni o‘ldirishda ayblanmoqda

Germaniya sudi 96 yoshli Irmgard Fuxnerni Ikkinchi Jahon urushida 11 400 nafar yahudiy, polyak va konslager asirlarini yo‘q qilishda qatnashganlikda ayblamoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Irmgard Fuxner o‘shanda 18 yoshda edi. U Polshadagi Shtuttgof konslageri komendantining kotibasi bo‘lib ishlagani bois, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sudga tortiladi.

Prokuratura ayblov xulosasiga ko‘ra, stenograf va yozuvchi sifatida Fuxner mahbuslarni muntazam ravishda o‘ldirishda lager rahbarlariga yordam bergan. Uning ishi bo‘yicha asosiy sud majlisi sentyabr oyida boshlanishi kerak. Hozir ayol Kvikborne qariyalar uyida yashaydi.  

1944-yil 22-iyulda obershturmbanfyurer Pol Maurer noma’lum miqdordagi mahbuslarni yo‘q qilish uchun Shtutthofdan Osvensimga deportatsiya qilishni buyuradi.To‘rt kundan keyin komendatura ko‘chirilishi kerak bo‘lgan mahbuslarning ro‘yxatini tayyorladi. Prokuratura ushbu ro‘yxat Fuxner tomonidan tuzilgan deb da’vo qilmoqda.

Ikkinchi Jahon urushi paytida Osvensimga 1,3 millionga yaqin odam yuborilgan, ulardan 1,1 millioni vafot etgan. Boshqa taxminlarga ko‘ra, lagerda to‘rt milliongacha odam o‘lgan. Osvensim  Sovet qo‘shinlari tomonidan 1945-yil 27-yanvarda ozod qilingan, bu kun Xolokost qurbonlarini xalqaro xotirlash kuni sifatida nishonlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring