Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada bolalar avtobusi halokatga uchradi

Germaniyada bolalar avtobusi halokatga uchradi

Foto: AP / Dpa

Germaniyaning shimolida joylashgan Shlezvig-Golshteyn federal yerida bolalarni olib ketayotgan avtobus tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Bild» nashriga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Hodisa natijasida 46 kishi jarohatlandi.

Hodisa 30-iyun kuni tunda sodir bo‘lgan. Politsiyaning xabar berishicha, avtobus yengil mashina bilan to‘qnashuvning oldini olish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib olgan va u yerda tez yordam mashinasi bilan to‘qnashgan.

Nashrning yozishicha, avtobusda 10-15 yashar 42 ta bola va 5 nafar kuzatuvchi bo‘lgan.

Hodisa natijasida 46 kishi, jumladan yosh bolalar jarohatlangan. Bir kuzatuvchi va bir bolaning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. Ular vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.

Yana 20 kishi yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring