Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada Erdo‘g‘onning oltin haykali paydo bo‘ldi

Germaniyada Erdo‘g‘onning oltin haykali paydo bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Germaniyaning Gessen federal birligiga qarashli Visbaden shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning oltin haykali paydo bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar qilmoqda.

Erdo‘g‘onning to‘rt metrlik oltin haykali shahar markazidagi maydonga o‘rnatilgan. Haykal «Wiesbaden Biennale» ko‘ngilochar festivali doirasida o‘rnatilgan.

«Bild» nashrining yozishicha, ko‘plab kishilar qo‘lida turk bayrog‘ini ushlab, haykal oldida suratga tushishyapti. Erdo‘g‘onga qarshi bo‘lgan kishilar esa haykal va uning yonida turli bo‘lmag‘ur suratlar va yozuvlarni qoldirishmoqda.

Festival Visbadene shahrida 23 avgustdan 2 sentyabrgacha «Yomon xabarlar» shiori ostida davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring