Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyaning eng boy odamlari aniqlandi

Germaniyaning eng boy odamlari aniqlandi

Foto: «Press.ru.porsche.com»

«Welt am Sonntag» nashri talqiniga ko‘ra, «Lidl» va «Kaufland» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Diter Shvars Germaniyaning eng boy odamlari reytingida yetakchilik qilmoqda.

«Kaufland» savdo tarmog‘i va «Lidl» diskaunterlar tarmog‘i asoschisi Shvarsning mol-mulki 41,8 milliard yevroga baholangan. 113,3 milliard yevro aylanmasiga ega «Schwarz Group» guruhi ham Germaniyaning eng yirik oilaviy kompaniyasiga qarashli.

Reytingdagi ikkinchi pog‘onani Rayman oilasi egallagan bo‘lib, «Jacobs Douwe Egberts» va «Coty» kompaniyalari ulushiga egalik qiladi. Uning boyligi 21,45 milliard yevroni tashkil etadi.

Kuchli uchtalikka 20 milliard yevroga ega Volfgang Porshe oilasi yakun yasab bergan.

Nashrning ta’kidlashicha, Germaniyaning 1000 ta eng boy fuqarosining mablag‘i 1,1 trillion yevroga teng. Hatto, koronavirus inqirozi ham ularning muvaffaqiyat qozonishiga unchalik xalaqit bermadi. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda ularning boyligi 0,76%ga ko‘paygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring