Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyaning Xitoydagi elchisi tayinlanganidan ikki hafta o‘tar-o‘tmas vafot etdi

Germaniyaning Xitoydagi elchisi tayinlanganidan ikki hafta o‘tar-o‘tmas vafot etdi

Foto: «Mirnov.net»

Xitoyga elchi etib tayinlangan Germaniya kansleri tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yan Xekker hayotdan ko‘z yumdi. U 54 yoshda edi, uning xotini va uch farzandi bor. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Germaniyaning Xitoydagi elchisi, professor Yan Xekkerning to‘satdan vafot etgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi. Hozirgi vaqtda bizning o‘y-xayolimiz uning oilasi va yaqinlari bilan birga», — deyiladi xabarda.

Germaniya kansleri Angela Merkel ham Xekkerlar oilasiga hamdardlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea uni larzaga solgan. U Xekker bilan hamkorlik qilganini yodga oldi: Merkel u bilan uzoq yillar birga ishlaganidan mamnunligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring