Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gretsiyalik ayol erining qoldiqlarini aeroport yukxonasiga topshirdi

Gretsiyalik ayol erining qoldiqlarini aeroport yukxonasiga topshirdi

Foto: «Aviav.ru»

Germaniyaning Myunxen aeroporti xodimlari Gretsiyadan uchib kelgan yo‘lovchilardan birining bagajida erkak suyaklarini topishdi. Bu haqda 4-avgust kuni Germaniya politsiyasi bayonotiga tayanib «Bild» nashri xabar bergan.

Aniqlanishicha, 74 yoshli ayol 2008-yil Saloniki shahri yaqinida dafn etilgan marhum erining qoldiqlarini Gretsiyadan Armanistonga olib o‘tishga uringan. Ichida suyaklar bo‘lgan qutining egasini tekshirish uchun tibbiyot xodimi, prokuror va chegara nazorati xodimi taklif etilgan.

Ayolning aytishicha, uning eri asli armanistonlik bo‘lgan, faqat ular Gretsiyada yashashgan. Endi rafiqasi bilan qizi uning qoldiqlarini olib ketishga qaror qilishgan, deya aniqlik kiritadi «Zvezda» telekanali. Ayol erining suyaklarini Myunxen va Kiyev tranziti orqali olib ketmoqchi bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari odam qoldiqlarini tashish qonunga zid emas, degan xulosaga kelishdi. Shu bois ayol va uning 52 yoshli qiziga Ukrainaga parvozini davom ettirishga ruxsat berishdi. Odam qoldiqlarini yana yukxonaga topshirishdi, deya ta’kidlaydi «360» telekanali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring