Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada mashinistlar ish tashlashi tufayli metro ishlamayapti

Gruziyada mashinistlar ish tashlashi tufayli metro ishlamayapti

Foto:«RIA Novosti»

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida mashinistlar ish haqi oshirilishini talab qilib ish tashlashi natijasida metropoliten ishlamayapti. Bu haqda Gruziya Birinchi kanaliga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

«Metro yopilgani tufayli bekatlarga kirishda yo‘lovchilarga avtobusdan foydalanish iltimosi yozilgan plakatlar o‘rnatildi», — deya xabar berilmoqda. Shuningdek, mashinistlar ochlik ham e’lon qilishmoqchi.

Mazkur voqea tufayli dushanba kuni avtobuslarda yurish tekin qilib qo‘yilgan.

Mashinistlar maoshni soatiga 7 laridan 10 lariga ko‘tarishni talab qilmoqda. Metropolitenda jami 240 nafar  mashinist ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring