Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hamma hayratda: zilzila vayron qilgan yo‘l to‘rt kunda sozlandi

Hamma hayratda: zilzila vayron qilgan yo‘l to‘rt kunda sozlandi

Foto: «Facebook»

Alyaska yo‘lsozlari zilziladan so‘ng ayanchli ahvolga kelib qolgan yo‘lni atigi to‘rt kun ichida oldingidek ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea qizg‘in muhokama qilindi: shunchalik qisqa muddatda yo‘lni tiklash mumkinmi?

Mintaqaning eng yirik Ankorij shahrini Ted Stivens nomidagi xalqaro aeroport bilan bog‘lovchi bu yo‘l zilzila oqibatida butkul yaroqsiz bo‘lib qolgandi.

Qizig‘i, odamlar hali zilzila oqibatlaridan o‘zlariga kelib ulgurmay, oradan to‘rt kun o‘tib «Alaska Tour & Travel» kompaniyasi «Facebook»ka yo‘lning hozirgi holati aks etgan fotosuratni joyladi: xuddi hech narsa bo‘lmagandek, tep-tekis yo‘l.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, alyaskalik yo‘lsozlar juda qisqa vaqtda yo‘lni avvalgi holatiga qaytara olishibdi. Buni voqea joyidan olingan «oldingi» va «keyingi» suratlarni taqqoslash orqali anglash mumkin.

To‘rt kunda tiklangan yo‘l.

Ijtimoiy tarmoqdagilar o‘z shtatlarida yo‘ldagi oddiy bir chuqurcha ham uzoq vaqt ta’mirlanmay yotishidan nolib, o‘z yo‘lsozlarini alyaskalik hamkasblaridan o‘rnak olishga chaqirishdi.

Alyaskada zilziladan so‘ng tiklanish ishlari boshqa sohalarda ham juda yaxshi olib borilayotgan ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring