Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havosi eng ifloslangan davlatlar: bu yerda insonlar umri o‘rtacha to‘rt yilga qisqarmoqda

Havosi eng ifloslangan davlatlar: bu yerda insonlar umri o‘rtacha to‘rt yilga qisqarmoqda

Nepal va Hindiston havosi eng ifloslangan davlatlar deb topildi. Bu haqda Chikago energetika siyosati instituti o‘tkazgan tadqiqotga asoslanib, RIA «Novosti» ma’lum qilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, havoning ifloslanishi, mazkur hududlarda yashovchi mahalliy aholining umrini o‘rtacha to‘rt yilga qisqartirmoqda. Hindistonning Bixar, Uttar-Pradesh shtatlarida ayniqsa mazkur ko‘rsatkich yuqori.

Dunyoda 5,5 milliard kishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti normalaridan yuqori darajada ifloslangan hududlarda yashamoqda va bu borada Osiyo qit’asi yaqqol yetakchilik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring