Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hayvonlar ham kuladi: olimlar «hazilkash» jonivorlar qanchaligini hisoblab chiqishdi

Hayvonlar ham kuladi: olimlar «hazilkash» jonivorlar qanchaligini hisoblab chiqishdi

Foto: «Getty Images»

Ko‘plab jonivorlar kulishni biladi va ularning turlari biz insonlar o‘ylaganimizdan ancha ko‘proq: kamida 65 xil hayvon va qushlar. Bu haqda «Naked Science» yozmoqda.

Shu paytgacha primatlar (maymunlar), kalamushlar va ayrim tur jonivorlarda kulgi ijtimoiy muloqot vositalaridan biri deb hisoblanardi. Marrani yanada uzoq qolgan kaliforniyalik olimlar endi boshqa xil jonlilarda «hazilga moyillik» qanchalik rivojlanganini o‘rganib ko‘rishdi.

Odamlarga xos kulgi quvonchi ifodasi bo‘lib, boshqa odamlarni ham bu quvonchga sherik bo‘lishga undaydi. Olimlar ayrim xil jonivorlarga ham vokalizatsiyaning bu usuli begona emas, degan taxminni ilgari surishmoqda. Ularning nazarida, nafaqat maymunlar, balki itlar, xonakilashtirilgan qoramollar, tulkilar, tyulenlar, mangustlar, qushlarning uch turi, xususan, to‘tilar va avstraliya zag‘izg‘onlari kulishni biladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring