Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda bitta shifokorga 11 ming kishi to‘g‘ri keladi

Hindistonda bitta shifokorga 11 ming kishi to‘g‘ri keladi

Foto: «Freepng.ru»

Hindistonda bitta davlat shifokoriga 10 926 ta hind to‘g‘ri keladi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, bitta davlat doktoriga bemorlar soni mingtadan oshmasligi kerak. Bu haqda Hindiston sog‘liqni saqlash axborot markaziy boshqarmasi tomonidan tayyorlangan «Milliy salomatlik ko‘rinishi» ma’ruzasiga tayanib, «Regnum» xabar bergan.

Hukumat statistikasiga tayanilsa, zarur professional malakaga ega va tibbiy kengashlar shtatida ro‘yxatdan o‘tgan an’anaviy tibbiyot shifokorlari soni 2018-yilda 43 581 tani tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, 2017-yil bilan taqqoslanganda mazkur sohada sertifikatlangan davlat mutaxassislari soni 2 210 kishiga qisqargan. Shu bilan birga sertifikatlangan noan’anaviy tibbiyot yoki ayurveda shifokorlari sonining barqaror o‘sishi kuzatilgan: 2017-2018-yillarda mazkur ko‘rsatkich 773 mingdan 799 ming nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring