Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi

Hindistonda ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi

Foto: «RIA Novosti»

Hindistonda ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus jarga qulashi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Times of India» gazetasining yozishicha, voqea 11 sentyabr kuni ertalab Jagtyal okrugida sodir bo‘lgan. 62 kishi tog‘li dovon osha tabarruk Kondagat ziyoratgohiga ketayotgan bo‘lgan.

Tog‘li yo‘lda haydovchi avtobusni boshqara olmay qolgan va avtobus yumalab ketgan. Ayni paytda voqea joyida qutqaruv guruhi ish olib boryapti. O‘ttiz kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring