Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi aviashouda yirik yong‘in: 300 ta avtomobil yonib ketdi

Hindistondagi aviashouda yirik yong‘in: 300 ta avtomobil yonib ketdi

Foto: «Korrespondent.net»

Hindistonning Karnataka shtati Bangalor shahrida o‘tkazilgan «Aero India-2019» aviashousida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 300 ta transport vositasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Yong‘in Yelaxanka aerodromi yonidagi avtoturargohda chiqib, avtobus, yengil mashina, mototsikl va skuterlarni qamrab olgan.

Yong‘inga kimdir sigaretani o‘chirmasdan quruq o‘tga tashlagani sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Kuchli shamol esa o‘tning yanada avj olishiga sabab bo‘lgan.

Yong‘in joyiga 12 ta o‘t o‘chiruvchi mashina yetib kelgan, vaziyatni baholash uchun vertolyot yuborilgan. Ayni damda olov to‘liq bartaraf etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring