Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkala Koreya davlati rahbarlarining bugun o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvi bekor qilindi

Ikkala Koreya davlati rahbarlarining bugun o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvi bekor qilindi

Foto:«Hurriyet»

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje Inning bugun o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvi bekor qilinibdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Shimoliy Koreyaning KCNA (Koreya markaziy telegraf agentligi) agentligi xabariga ko‘ra Janubiy Koreya bilan AQSh o‘rtasida o‘tkazilgan harbiy amaliyotni provokatsiya deya atagan rasmiy Pxenyan Kim bilan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida shu yil 12 iyunda o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuv ham bekor bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

AQSh tashqi ishlar vazirligi esa Tramp–Kim uchrashuvining bekor bo‘lishi to‘g‘risida Shimoliy Koreyadan biror-bir ma’lumot kelmagani, Vashington uchrashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti shu yil mart oyida Kim Chen In bilan uchrashishini aytgan edi.

Amerika tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo so‘nggi bir oyda ikki marta Shimoliy Koreyaga borib, Kim Chen In bilan uchrashgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring