Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask bir kunda qariyb 9 milliard dollar yo‘qotdi

Ilon Mask bir kunda qariyb 9 milliard dollar yo‘qotdi

Foto: «Reuters/Hannibal Hanschke»

«SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari rahbari Ilon Maskning boyligi bir kunda 8,8 milliard dollarga kamaydi. Natijada milliarder sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Buni «Forbes» ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Bungacha Mask 9-dekabrda ko‘tarilib olgan reytingning ikkinchi pog‘onasini egallab kelayotgandi. Shuningdek, u Bloomberg Billionaires Index (BBI) agentligi reytingida ham xuddi shu o‘rinni band etgan.

«Forbes» ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning boyligi qariyb 145 milliard dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, «Forbes» ro‘yxatining birinchi o‘rnini egallagan «Amazon» asoschisi va rahbari Jeff Bezosning boyligi 187 milliard dollarni, «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyasi prezidenti Bernar Arno (reytingda ikkinchi o‘rin)ning boyligi 145,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Mask «Tesla» aksiyalarining taxminan beshdan biriga egalik qiladi. Joriy yil boshidan buyon ular 8 baravar oshdi. Shu tariqa, aksiyalarning qiymati S&P 500 indeksiga kiritilishi haqida e’lon qilingan 17-noyabrdan boshlab ko‘tarilgan.

Kompaniya aksiyalarining pasayishiga ko‘tarilgandan keyingi tuzatish va koronavirus infeksiyasining yangi shtammi to‘g‘risidagi ma’lumot sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring