Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask milliarderlar reytingida «raketa tezligida» yuqorilamoqda

Ilon Mask milliarderlar reytingida «raketa tezligida» yuqorilamoqda

Illyustratsiya: «GQ»

«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari asoschisi va rahbari Ilon Mask dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 4-qatorga chiqib oldi. Bir oy oldin u yettinchi edi.

Qayoqdan buncha boylik?

Elektromobillar benzinda yuradigan mashinalarni yirik bozorlardan tobora siqib chiqarayotgan bir sharoitda soha peshqadami — «Tesla» kompaniyasi aksiyalari karrasiga qimmatlashmoqda. Ana shuning ortidan Maskning boyligiga bir oy nari-berisida 7 milliard dollar qo‘shilib, jami 84,8 milliard dollarga yetdi. Bu haqda «Bloomberg» yozmoqda.

Xayrli yetti raqami (va bundan-da muhim ko‘p xonali nullar) Maskka o‘zidan tepadagi uch nafar boyni quvib o‘tish uchun kifoya qildi.

Oldinda esa yana uch nafar boy bor: Jeff Bezos («Amazon»), Bill Geyts («Microsoft») va Mark Sukerberg («Facebook»). Ko‘rib turganingizdek, hammasi texnogigantlar. Shulardan ham o‘tib olsa, «milliardlar sayyorasi»ni zabt etsa, Ilon Maskning oldida bitta yo‘l qoladi — Mars...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring