Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Maskning navbatdagi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Ilon Maskning navbatdagi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

«SpaceX» aerokosmik kompaniyasining 49 ta sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan «Falcon 9» raketasi vazifani muvaffaqiyatli yakunlagani ma’lum qilindi.

Raketa Florida yaqinidagi Atlantika okeani qirg‘og‘idagi stansiyaga qo‘ngan. Bu haqda «Space.com» xabar qildi.

Sinov parvozlari ikki bosqichda o‘tkazilgan. Parvozga javobgar olimlarga ko‘ra, «Falcon 9» taxminan 15 daqiqada 49 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga joylashtirgani tasdiqlandi.

Ushbu missiya natijasida «Falcon 9» raketasi 10-marta muvaffaqiyatli uchirildi va yerga qo‘ndi.

Oxirgi missiya bilan Starlink loyihasining sun’iy yo‘ldoshlari soni ikki mingdan oshib ketgan. «SpaceX» jami 12 ming sun’iy yo‘ldoshni uchirish ruxsatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, «SpaceX» milliarder Ilon Maskka tegishli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring