Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilonlar Liberiya prezidenti Jorj Veani ishlashga qo‘ymadi

Ilonlar Liberiya prezidenti Jorj Veani ishlashga qo‘ymadi

Foto: «ACMilanFan»

Liberiya prezidenti Jorj Vea (ha, bu o‘sha mashhur futbolchi!) tashqi ishlar vazirligidagi xonasiga ilonlar kirib qolgani uchun uyida turib ishlashga majbur bo‘ldi. «Associated Press» xabariga ko‘ra, vazirlik binosining birinchi qavatida ikkita qora ilonni topishgan.

Ayni paytda ilon tutuvchilar hammayoqni elakdan o‘tkazishmoqda. Ilonlar qanday qilib binoga kirib qolgani sababini ham aniqlashmoqchi.

Jorj Veaga 22-aprelda bemalol ishga chiqishi mumkinligini va’da qilishdi.

Ma’lumot uchun: Jorj Vea 1966-yilning 1-oktyabrida Monroviya (Liberiya)da tug‘ilgan. «Monako», Pari Sen-Jermen», «Milan», «Chelsi», «Manchester Siti», «Marsel» kabi Yevropa grand jamoalarida to‘p surgan.

1995-yili FIFAning, Yevropaning («Oltin to‘p»), Afrikaning yil o‘yinchisi bo‘lgan. Jahon chempionatida qatnashmasdan «Oltin to‘p»li bo‘lgan ikki futbolchidan biri.

Futbolchilik faoliyatidan so‘ng o‘zini siyosatga bag‘ishlagan Jorj Vea 2018-yilning 22-yanvaridan beri Liberiya prezidenti hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring