Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya 2019-yilda Avstraliyadan 1,5 million nafar sayyohni jalb etmoqchi. Qanday qilib?

Indoneziya 2019-yilda Avstraliyadan 1,5 million nafar sayyohni jalb etmoqchi. Qanday qilib?

Foto: «The Jakarta Post»

Indoneziya turizm vazirligi 2019-yilda Avstraliyadan 1,5 million nafar sayyohni jalb qilmoqchi. Bu haqda «Antaranews» xabar berdi.

«2018-yili biz juda ko‘p tabiiy ofatlarni boshdan o‘tkazdik, oqibatda Avstraliyadan 1 286 108 nafar sayyohni jalb eta oldik, xolos. Bu yilgi mo‘ljalimiz — 1,5 million kishi», — dedi turizm vazirligi vakili Edi Vardoyo.

Uning aytishicha, ayni paytda naq 20 ta sayyohlik kompaniyasi Avstraliya aholisi o‘rtasida Indoneziyaga borishning afzalliklarini targ‘ib qilib yuribdi.

Indoneziya turizm vaziri Orif Yahyo mamlakatga 2019-yili 20 million nafar xorijlik sayyoh kelishi kutilayotganini bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring