Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada mamlakat prezidenti va vitse-prezidentining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

Indoneziyada mamlakat prezidenti va vitse-prezidentining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

Foto: «Medan.tribunnews.com»

Joko Vidodo (prezident) va Ma’ruf Amin (vitse-prezident) Indoneziya Respublikasini 2019—2024-yillarda boshqaradi. Bu haqda « REGNUM» agentligi «Sindonews»ga asoslanib xabar berdi.

Joko Vidodo. Foto: «Getty Images»
Ma’ruf Amin. Foto: «Nasional Compas»

Jakartada 20-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimiga Avstraliya, Malayziya, Singapur, Kambodja bosh vazirlari, Bruney sultoni, Xitoy va Vetnam vitse-prezidentlari, shuningdek, AQSh, Tailand, Filippin va Yaponiyadan vakillar tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun: ushbu marosim Joko Vidodo uchun ikkinchi va so‘nggi inauguratsiya, chunki konstitutsiyaga ko‘ra, bir shaxs qatorasiga ikki muddat mamlakatni boshqarishi mumkin emas. U oldingi besh yil Yusuf Kalla (vitse-prezident) bilan ishlagandi, keyingi besh yil Ma’ruf Amin unga hamkor bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring