Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada osma ko‘prik quladi. Qurbonlar ko‘p

Indoneziyada osma ko‘prik quladi. Qurbonlar ko‘p

Foto: «Sb.by»

Indoneziyaning Sumatra orolida osma ko‘prik qulashi natijasida 9 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi turli darajada jarohatlandi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Agentlik xabariga ko‘ra, jala-yomg‘ir to‘satdan suv toshishiga olib kelgan. Natijada yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da (13:00 Toshkent vaqti) Benkulu provinsiyasidagi ko‘prik qulab tushgan.

«Biz qulagan ko‘prikning to‘qqiz nafar qurbonini topdik. Ularning bari hayotdan ko‘z yumishgan», — deydi provinsiya qidiruv-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i Abdul Malik. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, bir kishi bedarak ketgan.

Qidiruv ishlarida qariyb 100 nafar qutqaruvchi, askarlar, politsiyachilar, Tabiiy ofatga qarshi kurashish agentligi xodimlari hamda ko‘ngillilar ishtirok etishdi. Qutqaruvchilar rezina qayiq va shishirilgan qattiq jismlarda mehnat qilishdi. Daryodagi kuchli oqim qidiruv ishlarini ancha qiyinlashtirdi.

Indoneziya meteorologiya, klimatologiya va geofizika agentligi yanvar va fevralda mamlakatning bir qancha hududlarida kuchli jala quyishidan ogohlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring