Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyalik ekspertlar «Boeing 737 MAX 8» halokati sababini aniqlashdi

Indoneziyalik ekspertlar «Boeing 737 MAX 8» halokati sababini aniqlashdi

Foto: «YouTube»

Indoneziyaning «Lion Air» aviakompaniyasiga qarashli «Boeing 737 MAX» samolyoti 2018-yilning 29-oktyabr kuni halokatga uchrashi oqibatida 189 kishi halok bo‘lgandi. O‘sha paytdan buyon voqea tafsilotlarini o‘rganayotgan indoneziyalik ekspertlar o‘z xulosalarini berishdi, deyiladi «Kp.ru» xabarida.

Xulosaga ko‘ra, aviahalokatning asosiy sabablaridan biri ushbu samolyot modelini ishlab chiqqan konstruktorlarning xatosi bo‘lgan.

«Wall Street Journal» xabarida aytilishicha, halokatda konstruksiyadagi xatolar va nazoratning yetarli bo‘lmagani bosh rolni o‘ynagan. Bundan tashqari, uchuvchining xato xatti-harakatlari hamda laynerga texnik xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar ham fojiaga olib kelgani ta’kidlangan.

Ammo bu yakuniy xulosa emas, butun tafsilotlar noyabr oyida oshkor qilinishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz: Indoneziya aviakompaniyasiga qarashli, Jakartadan parvoz qilgan «Boeing 737 MAX 8»  samolyoti 2018-yilning 29-oktyabrida Yava dengiziga qulab tushgandi. Halok bo‘lganlar soni: 189 kishi — shundan 181 nafari  yo‘lovchilar, jumladan, uch nafari bolalar, sakkiz nafari ekipaj a’zolari: ikki uchuvchi, olti nafar bort kuzatuvchisi.

2019-yilning 10-mart kuni xuddi shu modeldagi layner Efiopiyada halokatga uchragan, 33 mamlakatning 157 nafar fuqarosi hayotdan ko‘z yumgan edi.

Shu voqealardan so‘ng «Boeing 737 MAX 8» laynerlari parvozlari butun dunyoda taqiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring