Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inqiroz alomatlari paydo bo‘ldi — OPEC

Inqiroz alomatlari paydo bo‘ldi — OPEC

Foto: AP

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti — OPEC bosh kotibi Haysam al-G‘ays qishda yuz berajak energiya inqirozi alomatlari paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.

«Bu qish potensial energiya inqirozi yuz berishi alomatlari paydo bo‘lganini ko‘ryapmiz. Biroq inqiroz qanday kechishi menga qorong‘u», — dedi u Bloomberg agentligi uchun intervyusida.

Bo‘lg‘usi energiya inqirozining alomatlari — Yevropa mamlakatlarida gaz va elektr energiyasi narxlarining hamda kommunal xizmatlar xarajatlarining oshib ketganidir.

Al-G‘aysga ko‘ra, ushbu holatlar energetika sohasiga «uzoq yillar davomida sarmoyalarning surunkali yetishmasligi» bilan bog‘liq. «Bu ulkan muammo. Kompleks yechimlar qabul qilish zarur», — ta’kidladi u.

OPEC rahbarining fikricha, global retsessiya (turg‘unlik) ehtimoli ancha past.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring