Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Twitter»

Nobel qo‘mitasining «Tvitter»dagi sahifasi bugun, 8-oktyabr kuni ma’lum qilishicha, 2018-yili iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti amerikalik Uilyam Nordxaus va Pol Romerlarga topshiriladi.

Uilyam Nordxaus (77 yoshda) iqlim o‘zgarishlarini uzoq muddatli makroiqtisodiy tahlilga tatbiq etgani, Pol Romer (62 yoshda) esa texnologik innovatsiyalarni integratsiyalashtirgani uchun yuksak mukofotga loyiq deya topilgan.

Mukofotlash marosimi 10-dekabr kuni Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring