Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda dahshatli bo‘ron: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Istanbulda dahshatli bo‘ron: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Foto: «News.myseldon.com»

Istanbuldagi bo‘ron oqibatida jabrlanganlar soni 38 nafarga yetdi, deya ma’lum qildi Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Shahar ma’muriyati xabar berishicha, kuchli shamol tufayli vayron bo‘lgan tom qoldiqlari ostida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 19 kishi jarohat olgan.

«Tabiiy ofat natijasida 38 kishi tan jarohati oldi, yana 4 kishi halok bo‘ldi», — deyiladi Koja bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kuchli shamol tufayli Bosfor bo‘g‘ozida kemalar harakati to‘xtatilgani haqida ma’lum qilgandi. Xuddi shu sababga ko‘ra, Turkish Airlines aviakompaniyasining bir necha samolyotlari Istanbulga qo‘na olmay, Anqara va Izmirga jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring