Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isyonkor Kataloniya, suriyalik qochoqlar va eng ulkan qovoq. O‘tgan haftaning eng muhim voqealari (foto)

Isyonkor Kataloniya, suriyalik qochoqlar va eng ulkan qovoq. O‘tgan haftaning eng muhim voqealari (foto)

Foto: «Getty Images»

«Fokus» saytida o‘tgan hafta xalqaro maydonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarga bag‘ishlangan fotoocherk joylandi.

14-oktyabr — Mudofaachilar kuni Ukrainada 12 ming kishi «Shtaynmayer formulasi imzolanishi, Donbassdagi qo‘shinlarni bo‘lib yuborish, Rossiya va jangarilarga siyosiy yon bosishga norozilik bildirish uchun «Kapitulyasiyaga qarshilik marshi»ga chiqdi.


Nyu-York, Manhettendagi balandligi bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turuvchi Xalqaro savdo markazi fonida Oyning chiqishi.


Avstraliyada «Bridgestone World Solar Challenge» — quyosh batareyalaridagi avtomobillar o‘rtasida poyga o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning yetakchi texnologiya universitetlaridan 44 ta talabalar jamoasi qatnashdi. Har bir jamoa o‘lchamlari 6 kvadrat metrdan katta bo‘lmagan poyga mashinalari yasadi — bular qit’ani shimoldagi Darvin shahridan boshlab janubdagi Adelaida shahrigacha bosib o‘tishi shart.


KXDR yetakchisi Kim Chen In oq otda muqaddas Pektu tog‘iga ko‘tarildi. Koreya OAV xabarlariga ko‘ra, u muhim qarorlar qabul qilishdan avval shu paytgacha bu toqqa uch marta chiqib tushgan.


Xitoylik Yunsin Bao 2019-yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat suratkashi deb topildi. U mamlakat shimolidagi  Silyanshan tog‘ida tulki va yumronqoziqning o‘ziga xos olishuvini tasvirga mixlashga erishdi.


O‘tgan hafta boshidan beri Kataloniyada norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Mahalliy separatchi yetakchilarni sud qamashga hukm qilganidan so‘ng minglab namoyishchilar Barselona va muxtoriyatning boshqa shaharlarida har kuni oyoqqa turishmoqda. O‘tgan juma kuni 525 ming kishi Barselona ko‘chalariga chiqdi. Kataloniyada isyonlar boshlanganidan beri 207 nafar politsiyachi jarohatlangan, 128 nafar namoyishchi hibsga olingan, o‘nlab nafari yaralangan.


Kaliforniya (AQSh)ning Half-Mun-Bey shaharchasida 46-an’anaviy ulkan qovoqlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 986 kilogrammlik qovoq rekordni yangilab birinchi o‘rinni va 15 225 dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.


Turkiya Suriyada harbiy amaliyotlarni boshlaganidan beri minglab insonlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishdi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, qochoqlar soni 160 mingdan 300 ming kishigachani tashkil etadi. Ularning aksariyat BMT Iroq Kurdistonida tashkil etgan lagerlarda panoh topgan.


Germaniyaning Gessen universiteti xodimlari AQShga jo‘natish uchun «Pila mastodonti»ni bo‘laklarga ajratishyapti. Mastodontning suyaklari 1801-yili Gudzon daryosi vodiysida topilgan, keyinchalik Amerika tarixidagi muzeyda o‘rnatilgan ilk jonivor eksponatiga aylangan edi. XІX asr o‘rtalari uni yevropalik kolleksionerlarga sotib yuborishadi. Bu yil, oradan shuncha vaqt o‘tib, uni Smitson Amerika san’ati muzeyida namoyish qilish uchun qaytarishyapti.


Xitoyda hosilni yig‘ib olish kampaniyasi qizg‘in pallaga chiqqan. Suratda kombaynlar, poya maydalagichlar va yer haydov traktorlari sorgo dalasida ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring