Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyada noxush rekord qayd etildi

Italiyada noxush rekord qayd etildi

Foto: «RIA Novosti»

Italiyada bir kecha-kunduzda aniqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi — 26 831, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Tunov kuni 24 991 ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olingandi.

Bugun, ya’ni 29-oktyabr kuni Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya boshlangandan buyon Apennin yarim orolida jami 616 595 kishida COVID-19 tasdiqlangan.

Mamlakatda infeksiya qurbonlari 217 nafarga ko‘payib, ularning umumiy soni 38 mingdan oshib ketdi va 38 122 nafar bemorni tashkil etmoqda. Bir kun oldin 205 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingandi.

Italiyada koronavirusdan tuzalganlar soni 3416 nafarga ko‘payib, ularning umumiy soni 279 282 kishiga yetdi. 115 kishi reanimatsiyaga tushib, u yerda davolanayotganlar umumiy soni 1651 nafarga yetgan. Shifoxonaga tushganlar jami 15 ming nafardan oshib ketgan (+983 bemor).

Epidemiya boshlangandan beri bir kecha-kunduzda o‘tkazilgan testlar soni ilk bor 200 mingdan oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring