Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahondagi eng yosh milliarder kimligi ma’lum bo‘ldi

Jahondagi eng yosh milliarder kimligi ma’lum bo‘ldi

Foto:«AP»

«Forbes» jurnali model Kayli Jennerning boyligini bir milliard dollar miqdorida baholadi. Shu tariqa 21 yashar Kayli jahon tarixida eng yosh milliaderga aylandi. Bu haqda «Meduza» nashri xabar bermoqda.

Jennerning asosiy moliyaviy aktivi   «Kylie Cosmetics» kompaniyasidir. Model unga 2015-yil asos solgan. U barcha mahsulotlarini ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama qiladi, birgina «Instagram»dagi sahifasida 128 million obunachisi bor.

Kayli tarixdagi eng yosh milliader unvonini Mark Sukerbergdan tortib olgan. Markning boyligi 23 yoshida bir milliard dollarga yetgandi. Hozirda 34 yashar tadbirkorning 62 milliard dollar puli borligi ma’lum qilingan va dunyo boylar ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinda turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring